Jahon | 07:36 / 25.11.2016
10908
2 daqiqa o‘qiladi

Angela Merkelga Germaniyada boshpana berilmadi

Foto: © APCEN WDR

Germaniya hukumati o‘zining qizini Germaniya kansleri sharafiga Angela Merkel deb atagan suriyalik oilaga boshpana berishni rad etdi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Mamon Al-Hamza, uning rafiqasi Tema va qizi Angela Merkel Suriyadan Germaniyaga kelgach qonuniy asosda Germaniyada qolish uchun ruxsatni kutib Menxengladbax shahrida yashayotgan edilar. Biroq yaqin bir yil ichida oila Germaniya va Yevropa Ittifoqini tark etishi kerak bo‘ladi.  

Ma'lumotlarga ko‘ra, qizchaning ota-onasiga ularning xavfsizligini ta'minlagan birinchi davlat sifatida Turkiyaga qaytish taklif qilinmoqda. 

Oila YeIga 2015 yilda kelgan. Ularning qizlari Duysburg shahrida dunyoga kelgan. Qizchaning nomini harbiy ixtiloflar bo‘layotgan arab davlatlaridan kelgan muhojirlarga nisbatan Merkel tomonidan o‘tkazilayotgan "ochiq eshiklar" migratsion siyosatiga hurmat yuzasidan Merkel ismi bilan atashga qaror qilishgan.

2015 yilda Germaniyaga Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq davlatlaridan 1,1 mln dan ko‘proq muhojir kelgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid