Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan suhbat haqida gapirib berdi
Xalqaro futbol federatsiyalari prezidenti Janni Infantino konfederatsiyalar Kubogiga qur'a tashlash marosimi oldidan musobaqaning tashkiliy masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Tadbir bugun Rossiyaning Qozon shahrida o‘tkaziladi. Amaldorning ta'kidlashicha, turnir tashkilotchiligi borasida hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q – u Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putindan barcha kerakli kafolatlarni olgan.
“Biz o‘ta muhim tadbir avvalida turibmiz. Menga Rossiya va Qozonda bo‘lish yoqdi. Bu yerda turli din vakillari birdek tinch hayot kechirishadi. Futbol ham bu borada o‘z hissasini qo‘shishi lozim. Men butun rus xalqi, Rossiya hukumati, prezident Putin, tashkiliy qo‘mitaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Qozonda juda ham ajoyib stadion bor ekan. Kecha esa men Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, barcha kafolatlarni oldim.
Chiptalarni sotish borasida ham katta qiziqishni ko‘rdik. Bu Rossiyadan tashqarida ham kuzatilmoqda. Eslatib o‘taman, konfederatsiyalar Kubogi uchrashuvlari uchun chiptalar savdosi 1 dekabr kuni FIFA saytida boshlanadi.
Shuningdek, bu hakamlar muhim xatolarni qilishmasligi uchun videodan foydalaniladigan birinchi chempionat bo‘ladi. 2018 yilning martida esa bu boradagi yakuniy qaror qabul qilinadi”, - Infantinoning so‘zlarini keltiradi «Chempionat».
Mavzuga oid
21:30 / 10.06.2026
Amerikada tarixdagi eng qimmat jahon chempionati boshlanmoqda - barchasi muxlislar puli hisobiga
10:10 / 09.06.2026
Jahon chempionati hakami AQShga kiritilmadi
20:05 / 28.05.2026
Mundial chiptalari nega rekord darajada qimmatlashib ketdi?
23:06 / 21.05.2026