Indoneziya startapi Uber'ni ortda qoldirmoqda
Indoneziyaning yosh startaplari ajoyib ko‘rsatkichni qayd etdi: mahalliy GoJek startapi raqibi bo‘lmish Uber'ning bozordagi ulushini egallab olishga muvaffaq bo‘ldi.
GoJek ko‘p jihatlari bilan Uber'ga o‘xshashib ketadi. Biroq GoJek avtomobillarga emas, motorollerlarga e'tibor qaratadi. Bu esa startapga bir necha muhim afzalliklarni beradi.
Birinchidan, rivojlanayotgan davlatlarda odamlar mashinalarga nisbatan ko‘proq skuterlardan foydalana olishga qurbi yetadi. Bu esa kompaniyaga yetarlicha haydovchilar sonini ta'minlab beradi. Skuterlar egalarini e'tiborini tortish maqsadida GoJek Indoneziyada ancha kechroq paydo bo‘lgan Uber'ga nisbatan ichki bozorda zarur masshtabni tezroq yetkazib beradi.
Startap tilida masshtablashtirish deb kompaniyaning operatsion xarajatlarni ko‘paytirmasdan daromadlarni oshirish qobiliyatiga aytladi. Ikkinchidan, Jakarta kabi aholi zich joylashgan shaharlarda skuterlar mobillik sifatida juda qulay va muqobil tanlov bo‘lmoqda.
Nihoyat, GoJek o‘z dasturini ko‘plab aloqador xizmatlarga joylamoqda. Dasturning hozirgi versiyasida skuter yoki avtomobilda narsalar tashishga buyurtma berish, ko‘chish uchun yuk mashinalarini chaqirish, kinoga chipta bron qilish, mahalliy bozordan mahsulotlar olish va hattoki, uyga massajchi yoki kosmetologni chaqirish mumkin.
O‘zining an'anaviy bozorida Uber mahsulotlar yetkazib berish kabi xizmatlarini endi kengaytira boshlamoqda. Kompaniya bu borada o‘z raqiblaridan sezilarli darajada ortda qolmoqda.
Mahalliy bozorni bilishi va aloqalar GoJek'ga Uber'dan o‘zib ketishiga yordam berdi.
O‘z mijozlari istagini to‘g‘ri tushunish orqali startap o‘z dasturida aynan mahalliy iste'molchilar va to‘g‘ri keladigan funktsiyalarni birlashtira oldi.
So‘nggi raund doirasida 550 mln dollar hisobida moliyani qo‘lga kiritgach, GoJek endilikda 4 mlrd.ga baholanmoqda. Quyidagi mablag‘lar yordamida GoJek barcha hudud bo‘ylab mobil personal xizmatlar bozorida to‘liq yetakchi o‘rinni egallashi mumkin — bu bozorni esa mobil aloqaga yuqori darajada bog‘langan 650 mlndan ortiq inson tashkil etadi. GoJek — Kremniy vodiysidagi katta va yaxshi moliya kiritilgan raqobatchilaridan o‘zib ketishi mumkin bo‘lgan va bozordagi kattagina ulushni olib qo‘yadigan yagona indoneziyalik startap emas.
Boshqa mahalliy texnologik startaplar
Yana bir muhim jang to‘lov tizimlari maydonida bo‘lib o‘tadi. Apple va Google shiddatlik bilan bozorlarga Apple Pay va Android Pay elektron to‘lov tizimlarini chiqarishmoqda. Indoneziya kabi bozorlar bunday kompaniyalar uchun katta muammo tug‘diradi, chunki ularning xizmatlari mamlakatdagi mavjud bo‘lgan bank va to‘lov infrastrukturasiga tayanadi.
Mavzuga oid
18:57 / 16.10.2024
Startap loyihalar ekotizimini rivojlantirish haqidagi prezident qarori imzolandi
20:27 / 26.08.2024
Uber Niderlandiyada rekord miqdorda - 324 mln dollar jarimaga tortildi
14:16 / 24.08.2024
Yoshlar texnoparklari startapchilari xorijga stajirovkaga yuboriladi
19:18 / 01.08.2024