Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Fidel Kastroning mum nusxasini uning o‘ligi bilan adashtirib qo‘ydi
Go‘yoki Kuba hukumati tomonidan Fidel Kastroning o‘limidan keyingi surati chop etilgani haqidagi xabarni tarqatgan Rossiya va ispanzabon OAV lavhada ko‘rsatilgan suratni Kastroning 2010 yildagi mumdan yasalgan surati bilan adashtirib qo‘yishdi.
SPD Noticias nashri Kubaning Cubavision telekanali komandantening o‘limidan keyingi suratini tarqatganini ma'lum qilgan. Biroq Cadena Tres saytida suratdagi Kastro uning haykali ekani va bu surat blogerlardan biri tomonidan 2014 yilda El minuto final de Fidel ("Fidelning so‘nggi daqiqasi") maqolasi uchun ishlatilgani ma'lum qilindi. Maqolada go‘yoki Kastro 88 yoshida o‘lgani aytilgan.
Yana ham vaqtliroq, 2010 yil iyunda surat Designboom saytida chop etilgan. Bu sayt ushbu suratni Sidneydagi ko‘rgazmadagi fotoreportaji davomida olgan. Ko‘rgazmada xitoylik rassom Shen Shaomin 5 nafar kommunistik yetakchining mum haykallarini yaratib, o‘ziga xos "Katta beshtalik" sammitini yaratgan. Bu "sammit"da Fidel Kastro, Kim Ir Sen, Mao Tszedun, Xo Shi Min va Vladimir Leninning mum nusxalari "ishtirok etgan". Oxirgi to‘rt nafarining haykallari oynavand tobutlarda bo‘lgan, Kastro esa karavotda dam olayotgan alfozda tasvirlangan.
Kubaning ko‘p yillik yetakchisi Fidel Alexandro Kastro Rus 25 noyabrda mahalliy vaqt bilan soat 22:29da vafot etdi. Kastroning vafot etganini uning ukasi, Kubaning amaldagi rahbari Raul Kastro milliy televideniye orqali e'lon qildi. Uning aytishicha, komandantening jasadi krematsiya qilinadi, dafn marosimi esa 4 dekabrda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
21:15 / 02.06.2025
Parijdagi muzeydan Makronning mumdan yasalgan haykali o‘g‘irlandi
09:33 / 02.01.2019
Kuba inqilobning 60 yilligini nishonlamoqda
07:32 / 02.02.2018
Kubaning sobiq yetakchisi Fidel Kastroning o‘g‘li o‘z joniga qasd qildi
23:45 / 27.03.2017