Seşanba kuni tungi soat 24:00da (Toşkent vaqti bilan 09:00) Gavana körfaziga kirişni qöriqlovçi San-Karlos-de-la-Kabanya qadimiy qal'asi devoridan artilleriya zalpi otildi, u Kubada inqilob ğalabasining 60 yilligi va yangi yil kirib kelganidan darak beradi.

Kuba hukumati mamlakat poytaxtidagi an'anaviy salyut bilan çeklanib, Santyago-de-Kuba şarqiy şahrida bayram tantanalarini taşkil qildi. 60 yil muqaddam Fidel Kastro inqilob ğalabasini e'lon qilgan maydonda, tungi soat 24:00da milliy madhiya sadolari ostida Kubaning ulkan bayroği kötarildi. Uşbu marosimda minglab fuqarolar qatnaşdi.

Foto: Twitter
Foto: AP

Asosiy tadbirlar inqilob yetakçisi Fidel Kastro dafn etilgan Santa-Ifigeniya qabristonida bölib ötadi: kutilişiça, marosimda uning ukasi Raul va davlat rahbari Migel Dias-Kanel iştirok etadi. «Ha - Kuba xalqi va inqilobiy hukumati birgalikda qurgan hamma narsaning quvonçi, himoyasi va bayramiga. 1959 yil yanvar oyida Batista uzoq diktaturasiga çek qöygan hamda Kuba uçun Ozodlik oroli nomini qölga kiritganlarga hurmat va şon-şaraf!» - deya yozgan Dias-Kanel Twitter’dagi sahifasida.

Foto: AP
Foto: AP

1959 yil 1 yanvarda diktator Fulxensio Batista Kubadan qoçganligi ma'lum böldi. Santyago-de-Kubadagi şahar munitsipaliteti binosi balkonidan Fidel Kastro inqilob ğalabasini e'lon qildi. Şundan söng, uning boşçiligidagi qöşinlar 8 yanvarda tantanali ravişda Gavanaga kirdi. Yangi yilning birinçi kuni - Ozodlik kuni - Kubada asosiy milliy bayramlardan biri hisoblanadi.