Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fidel Kastroning singlisi hayotdan ko‘z yumdi

Kuba inqilobi tarixiy yetakchisi Fidel Kastroning singlisi Agustina Kastro Rus 78 yoshida Havanada hayotdan ko‘z yumdi. Mayamida ispan tilida chop etiluvchi El Nuevo Herald gazetasida xabar berilishicha, u yakshanba kuni son sohasining sinishi bo‘yicha amalga oshirilgan jarrohlik operatsiyasi asoratlaridan keyin vafot etgan. Bu haqida Agustinaning singlisi Xuanita Kastro ma'lum qilgan.
Manbaga ko‘ra, Agustina Kastro Rus so‘nggi yillarda Altsgeymer kasalligidan aziyat chekkan. U hech qachon Kubaning siyosiy hayotiga aralashmagan va hech qanday davlat lavozimlarini egallamagan. Fidel Kastroning singlisi mashhur pianinochi Silvio Rodriges Kardenasga (2009 yilda hayotdan ko‘z yumgan) turmushga chiqqan. Juftlikning uch farzandi bor: qizi - Kubada, o‘g‘illari esa Floridada yashaydi.
Marhumaning o‘limi oldidagi istagiga ko‘ra, uning jasadi yoqib yuborilgan.
Bugungi kunda Fidel Kastro oilasidan uch kishi hayot: 85 yoshli ukasi, Kuba Davlat kengashi va Vazirlar kengashi raisi Raul Kastro, 82 yoshli Enma va 83 yoshli Xuanita. Fidel Kastro va uning akasi - o‘tgan yili, singlisi Anxela - 2012 yilda ko‘z yumgan.
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistondagi yo‘lovchi poyezdlari tezligi oshiriladi
O‘zbekiston | 13:06
-
ChatGPT-5 tezroq va aqlliroq, ammo hamon GPT-4.5 dan ortda ekani ma’lum bo‘ldi
Fan-texnika | 12:31
-
O‘zbekistonda 14 avgustdan havo harorati biroz pasayadi
O‘zbekiston | 12:18
-
Tramp va Putin harbiy bazada uchrashadi – CNN
Jahon | 12:11
Mavzuga oid

17:26 / 25.07.2025
Zomindagi sirli o‘lim tafsilotlari

20:45 / 21.07.2025
Harorat keskin ko‘tarilishi issiqlikdan o‘lim holatlarini uch baravar oshirishi mumkin – Jahon banki

16:36 / 30.12.2024
Hindistonda havo ifloslanishi millionlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lmoqda

08:11 / 14.12.2024