Sport | 21:15 / 27.11.2016
4576
2 daqiqa o‘qiladi

«Arsenal» «Bornmut»ni yengib, to‘rtinchi o‘rinni mustahkamladi

APLning 13-turi doirasidagi o‘yinlar davom etmoqda.

Bugungi o‘yinlar doirasida «Arsenal» o‘z maydonida «Bornmut»ni qabul qildi va ishonchli g‘alabaga erishdi. Aleksis Sanchesning dubli va Teo Uolkottning bitta goliga Eddi Hau shogirdlari Uilsonning penaltidan urgan bir goli bilan javob qaytardi - 3:1.

Endilikda Arsen Venger jamoasi 28 ochko bilan turnir jadvalining to‘rtinchi o‘rniga joylashdi. «Bornmut» esa ekvatorda - 15 ochko va 11-o‘rin.

Arsenal – Bornmut 3:1
Gollar: 1:0 – 12 Sanches, 1:1 – 23, penalti Uilson, 2:1 – 53 Uolkott, 3:1 – 90 Sanches.
Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Debyushi (Gabriel, 16), Koselni, Oksleyd-Chemberlen (Remzi, 75), El-Nenni, Uolkott (Jiru, 76), Ozil, Sanches, Chaka.
Bornmut – Federichi, Frensis, Ake, Smit (Musse, 81), Kuk, Stanislas (Ayb, 71), Gosling, King, Arter, Smit, Uilson (Afobe, 63).
Ogohlantirishlar: Kuk (4), Frensis (7), Mustafi (22), Sanches (62), Arter (73), Smit (80), Gosling (88).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid