Jahon | 17:51 / 27.11.2016
16326
3 daqiqa o‘qiladi

Yevrokomissiya rahbari Obamani Rossiyaga munosabati uchun aybladi

Foto: © RIA Novosti

Yaqin vaqt ichida Rossiyaga nisbatan qo‘llangan sanksiyalar bekor qilinmasada, YeI Rossiya Federatsiyasiga superqudratli davlat hamda teng imkoniyatga ega hamkor sifatida qarashi lozim. Bu fikr Euronews telekanali efirida Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker tomonidan aytib o‘tildi.

U shuningdek, Obama Rossiyaning maqomini baholashda xatoga yo‘l qo‘yganini aytib o‘tgan.

«Hozircha men Rossiyaga qarshi sanksiyalarni zudlik bilan bekor qilish uchun biron asos ko‘rmayapman. Lekin men Rossiya bilan kelishishimizni istardim. Rossiya ishtirokisiz Yevropada xavfsizlikni ta'minlab bo‘lmaydi, biz buni bilishimiz kerak», — degan u.

Yunker Rossiyaning hududi Yevropanikidan 3 barobar kattaligini eslatib, rossiyaliklarni «katta birlashma va g‘ururli millat» sifatida qabul qilish kerakligini aytgan.

«Rossiyani o‘zimizga teng ko‘rib munosabatda bo‘lishimiz kerak», — deya qo‘shimcha qilgan u.

Yevrokomissiya rahbari Rossiyani  «hududiy derjava» sifatida baholagan AQSh prezidenti Barak Obamaning fikriga qo‘shilmasligini bildirib o‘tgan.

«Bunday baho — katta xato», — deya amerikaliklar rahbarini ayblagan Yunker.

17 noyabr kuni Obama Rossiyani «dunyo va mintaqada o‘z ta'siriga ega harbiy derjava» sifatida atagandi. U «o‘z prezidentligining birinchi kunidan beri Rossiyaga munosabati o‘zgarmagani»ni aytib o‘tgan.

Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova, Obamaning bu chiqishiga munosabat bildira turib, u bundan avval Rossiyani mintaqaviy derjava sifatida nomlaganini eslatib o‘tgan.

2014 yilning martida Haagada bo‘lib o‘tgan yadro xavfsizligi bo‘yicha sammit yakunida Obama Rossiya "AQSh milliy xavfsizligi uchun birinchi tahdid bo‘la olmasligi"ni va bu davlat "mintaqaviy derjava" ekanini aytgandi.

Rossiya va G‘arb munosabatlari 2014 yilda Ukrainadagi vaziyat tufayli yomonlashdi. 2014 yilning iyunida YeI va AQSh Rossiya iqtisodiyotidagi alohida shaxslar va kompaniyalarga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Bunga javoban Moskva bu mamlakatlar va ular qo‘llab-quvvatlaydigan hududlardan mahsulotlar importini chekladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid