Jahon | 19:34 / 07.03.2017
15852
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Obamani Rossiya qarshisida lapashanglik qilganlikda aybladi

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z tvitterida ma'lum qildiki, mamlakatning sobiq prezidenti Barak Obama Rossiya bilan munosabatlarda «ojizlik» qilgan va bu mamlakatning kuchayib, Qrimni o‘z tarkibiga qo‘shib olishiga imkon bergan.

«Sakkiz yil davomida Rossiya prezident Obamaga «bosim o‘tkazib keldi», yanada kuchli bo‘lib, Qrimni tortib oldi. Lapashang!» — deya yozgan u.

Bundan oldinroq Tramp 2012 yili Obama Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedevga saylovlardan keyin Rossiya bilan munosabatlarda «yumshoqroq» bo‘lishi haqida aytganini eslab o‘tgandi.

Amerikaliklarning yangi prezidenti Obamani saylovoldi jarayonlari vaqtida uning telefon qo‘ng‘iroqlarini maxfiy ravishda tinglaganlikda ayblagandi.

OAV: Donald Tramp Rossiya bilan munosabatlarda «to‘nini teskari kiyib oldi»

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid