Qozog‘istonlik olti yashar qizcha mo‘'jiza sabab muzli cho‘lda tirik qoldi
Qozog‘istonning Olma ota viloyatidagi Jambil tumanida yashovchi olti yashar Saul degan qizcha butun bir tunni muzli cho‘lda o‘tkazib, mo‘'jiza sabab tirik qoldi. Uning ukasi va onasi sovuqdan muzlab, halok bo‘lishdi. Bu haqda "Vremya" gazetasi yozmoqda.
42 yashar Venera Alimbekova chorva boqardi. 21 noyabr kuni "Asubay" dehqon xo‘jaligi rahbari Okmet Asubayev cho‘ponlarni boshqa yerga ko‘chirishga ahd qildi. Ayol uning qo‘l ostida ishlardi.
Cho‘l juda ham sovuq edi. KamAZ yuk mashinasining yoqilg‘isi muzlab qoldi va mashina yarim yo‘lda qolib ketdi. Venera bilan birga uning ikkita farzandi ham bor edi: 3 yashar Alisher va 6 yashar Saul. Bolalar xarxasha qilishni boshladi va ayol piyoda yo‘lga tushishga ahd qildi.
Ular bilan birga ishchi Mukay Suleymenov yo‘lga tushdi. Qishlov joyigacha 3 km.li yo‘l edi. Yarim yo‘lda oila charchadi va shu yerda Mukayni kutadigan bo‘lishdi.
Bo‘ron boshlanib, Mukay yo‘ldan adashib qoldi va faqat tongga yaqin qishlov joyiga yetib bordi. Cho‘ponlar shu zahoti ayol va uning bolalarini qidirib ketishdi. Ammo kech bo‘lgan edi: oilani muzlab qolgan va hushsiz holatda topishdi. Avval barchalari nobud bo‘lgan deb o‘ylashdi, ammo qizcha qimirlab, yig‘lay boshladi.
Ayni paytda Saul shifoxonada yotibdi, unga onasi va ukasining o‘limi haqida hali aytishmadi. Voqea yuzasidan tekshiruv ishlari boshlab yuborilgan.
Mavzuga oid
12:47
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024