Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov Islom akademiyasi qurilishiga 500 million rubl ajratdi
Rossiyalik taniqli biznesmen Alisher Usmonov Islom akademiyasi qurilishiga 500 million rubl beradigan bo‘ldi. Mazkur mablag‘ bilan 2017 yil qurilishni tugatish imkoni paydo bo‘ladi. Bu haqda Yangidunyo.uz xabar bermoqda.
Bu kunga kelib Bulg‘or Islom akademiyasining (BIA) qurilishiga 900 million rubl yig‘ilgan. Rossiya musulmonlari markaziy diniy idorasining raisi Talg‘at Tojuddin, Rossiya muftiylar kengashining raisi Ravil Aynutdinlar BIA ta'sischilari hisoblanadi.
Yangi akademiya Rossiyada Islomiy ilmlarning rivojlanishi uchun ulamolarni tayyorlaydigan yangi markazga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, Usmonov Bulg‘ordagi Oq masjid qurilishi uchun ham 650 million rubl xayriya qilgan edi.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026