Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada sun'iy a'zolar va teri ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etiladi
Biologik materiallar va hatto inson ichki a'zolarini 3D-nashr texnologiyasi vositasida ishlab chiqarish mumkinligi haqida bir necha marta hikoya qilganmiz. So‘nggi bir necha yillar davomida ushbu sohada izlanishlar olib borilayotgani natijasida ushbu yo‘nalishga doir fan ancha ilgarilab ketdi.
Shu boisdan ham, Kvinslend texnologiya universiteti Metro North Hospital shifoxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda «Biofabrikatsiya instituti» deb nomlanuvchi markazni barpo etish rejasi xususida e'lon qildi. Markaz xodimlari bemorlarga zarur bo‘lgan materialni skan qilib, modellashtirishadi hamda maxsus 3D-printerlarda ishlab chiqishadi.

Avstraliya sog‘liqni saqlash vaziri Kemeron Dik ushbu markaz kelajagiga katta ishonch bilan qarayotganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, butun dunyoda bionashr bilan alohida laboratoriyalar va yakka tartibdagi olimlar shug‘ullanayotgan bir vaqtda, Avstraliya ushbu texnologiyani yangi darajaga olib chiqadi va uni ommaviylashtirgan ilk davlat bo‘ladi. Markaz 2017 yilda o‘z faoliyatini boshlashi kerak.

Mavzuga oid
18:16 / 29.06.2026
Kuzda Apple 15 dan ortiq yangi gadjetni taqdim etadi
18:14 / 27.06.2026
O‘zbekistonda plastik yo‘llar texnologiyasi joriy etiladi
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
20:23 / 12.06.2026