Chovusho‘g‘li: Turkiya va Rossiya "inqirozdan oldin" yoki "inqirozdan keyin" iboralarini qo‘llashi nojoiz
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Turkiya va Rossiya rahbarlarining strategik uzoqni ko‘ra bilishi tufayli ikki mamlakat o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni qisqa muddatda yengib o‘tganini ta'kidladi. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi.
Chovusho‘g‘li RF axborot agentligiga murojaat qilar ekan, Turkiya va Rossiya hamkorlikda faoliyat olib borishi uchun ulkan imkoniyatlarga ega bo‘lganligi, shuningdek ikki mamlakat tahdidli va sinovli damlarni yengib o‘tganligini aytib o‘tdi.
"Bizning maqsadimiz savdo hajmini yiliga 100 milliard dollarga ko‘tarish va Akkuyu AES kabi megaloyiha ustidagi ishlarni yakunlash. Shunday ekan, biz "inqirozdan oldin" yoki "inqirozdan keyin" kabi iboralarni qo‘llashni to‘xtatishimiz va maqsad sari harakat qilishimiz lozim", - dedi tashqi ishlaar vaziri.
Chovusho‘g‘li ikki mamlakat ham munosabatlarni yaxshilash borasida tashabbus ko‘rsatish kerakligini ta'kidladi. Shu bilan birga u Rossiya Turkiyaning qishloq xo‘jalik mahsulotlariga nisbatan qo‘yilgan sanksiyalar hamda turk kompaniyalari faoliyatidagi cheklovlarni bekor qilishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
U Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar bir-birini to‘ldirib turishini ta'kidladi.
"Rossiya Turkiyaga energiya yetkazib beruvchi asosiy mamlakatdir. Turkiya esa Rossiyaga eng yaxshi meva va sabzavotlarni yetkazib beradi", - dedi u.
Mavzuga oid
20:26 / 10.06.2023
Turkiyada hukumat yangilandi. Asosiy o‘zgarishlar haqida suhbat
16:41 / 02.08.2022
Shavkat Mirziyoyev Mavlud Chovusho‘g‘li boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
20:34 / 08.06.2022
Lavrov Turkiyada Chovusho‘g‘li bilan uchrashdi. Ular bug‘doy va muzokaralar istiqbollari borasida nimalar deyishdi?
16:54 / 31.03.2022