Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2 avgust kuni “Özbekiston – Ozarboyjon – Turkiya” formatidagi birinçi vazirlar uçraşuvida iştirok etiş uçun Toşkent şahrida bölib turgan Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğli boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Turkiya delegatsiyasi tarkibida uçraşuvda savdo vaziri Mehmet Muş hamda transport va infratuzilma vaziri Odil Qoraismoilöğli qatnaşdi.
Ikki mamlakat örtasidagi köp qirrali hamkorlikni oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.
Uçraşuv avvalida vazir Mavlud Çovuşöğli davlatimiz rahbariga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Turkiya tomoni Özbekistonda amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va siyosiy yangilanişlar dasturini, şuningdek, mamlakatimizning, eng avvalo, mintaqada döstlik, yaxşi qöşniçilik va işonç munosabatlarini mustahkamlaşga qaratilgan taşqi siyosatini har tomonlama qöllab-quvvatlayotgani alohida ta’kidlandi.

Tomonlar Özbekiston bilan Turkiya örtasidagi keng kölamli strategik şeriklik munosabatlari izçil rivojlanib, amaliy hamkorlik mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Özaro savdo va investitsiyalar körsatkiçlari jadal sur’at bilan ösib bormoqda, faol gumanitar almaşinuvlar davom etmoqda.
Ulkan hamkorlik salohiyatidan, şu jumladan hududlararo aloqalarni faollaştiriş orqali samarali foydalanişga qaratilgan Özbekiston va Turkiya yetakçilarining kelişuv va qarorlarini amalga oşirişga alohida e’tibor berildi.
Savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, energetika, sanoat, qişloq xöjaligi, transport va logistika, turizm va soğliqni saqlaş sohalarida qöşma kooperatsiya loyihalari va dasturlarini tezlaştiriş muhimligi qayd etildi.
Davlatimiz rahbari yuqori martabali mehmonlarni Özbekiston, Ozarboyjon va Turkiya taşqi işlar, savdo va transport vazirlarining birinçi uçraşuvi muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan tabrikladi.
Mintaqaviy kun tartibi, şu jumladan Afğonistonda tinçlik va barqarorlik ta’minlanişiga kömaklaşiş hamda joriy yilning kuzida Samarqand şahrida ötkaziladigan Turkiy davlatlar taşkiloti sammitiga tayyorgarlik köriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.













