Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğli Rossiya va Ukraina taşqi işlar vazirlari özaro uçraşuv ötkaziş ğoyasini qöllab-quvvatlaganini ma’lum qildi.
«Dmitriy Kuleba va Sergey Lavrov uçraşuvga tayyor ekanliklarini ma’lum qilişdi. Yaqin bir-ikki hafta içida Ukraina va Rossiya taşqi işlar vazirlari darajasida uçraşuv ötkazilişi mumkin», - dedi u.
Çovuşöğlining sözlariga köra, Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining Istanbulda bölib ötgan uçraşuvida tomonlar «muhim masalalar» yuqori darajada muhokama qilinişiga kelişib olgan.
«Taşqi işlar vazirlari uçraşuvida kelişuvga erişilsa, tasdiqlanadi. Navbatdagi bosqiç ikki mamlakat rahbarlari uçraşuvi böladi», - dedi Turkiya taşqi işlar vaziri.
Mavlud Çovuşöğli tinçlik muloqoti uçun maydonça sifatida yana Istanbul tanlanişiga umid bildirdi.
29 mart kuni Turkiyaning Istanbul şahrida Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining muzokaralari bölib ötdi.












