Texnologiya | 12:00 / 29.11.2016
3829
1 daqiqa o‘qiladi

Daimler elektromobillar ishlab chiqarishga 10 milliard yevro ajratadi

Foto: Daimer

Daimler kompaniyasining rivojlantirish va tadqiqotlar bo‘limi rahbari Tomas Veber konsernning elektromobillar ishlab chiqarishga 10 milliard yevro ajratishini ma'lum qildi. Bu haqida Stuttgarter Zeitung nashri xabar berdi. 

Shuningdek kompaniya elektrokarlar uchun eng yangi akkumulyator batareyalarini ishlab chiqarishga 10 milliard yevro ajratadi. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda elektrokarlar qatoriga 10 ta model qo‘shiladi, ularning barchasi alohida EQ brendi ostida ishlab chiqariladi. 2019 yilda Generation EQ elektromobilini yig‘ish ishlariga start beriladi. Uning kontsepti Parijdagi avtosalonda namoyish qilingan bo‘lib, tashqi ko‘rinishi biroz GLC Coupe'ga o‘xshab ketadi. 

Daimler taxminlariga ko‘ra, 2025 yilga borib, elektrokarlar sotuvlari jahon sotuvlarining 15-25 foizini tashkil qiladi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid