Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiyadagi fojiada 10 kishi omon qolgani ma'lum qilindi
Yo‘lovchilari orasida Braziliyaning «Shapekoense» jamoasi futbolchilari ham bo‘lgan, Kolumbiya hududida qulab tushgan samolyot bortidagi yo‘lovchilar orasida omon qolganlar bor.
Clarin xabariga ko‘ra, yo‘lovchilardan 10 nafari tirik qolgan va Le Ceja Hospital shifoxonasiga yetkazilgan.
Turli manbalarga ko‘ra, halokatga noqulay ob-havo yoki texnik nosozlik sabab bo‘lgan.
Boliviyadan Kolumbiyadagi Medelin shahriga uchgan samolyot bortida jami 81 kishi bor edi.
«Shapekoense» jamoasi futbolchilari Medelinga Kopa Sudamerikana musobaqasida «Atletiko Nasonal»ga qarshi 1 dekabrda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan uchrashuv uchun uchib ketayotgan bo‘lgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 27 futbolchi va bir qancha jurnalistlar bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:54 / 28.04.2026
AQSh zarbxonasida Kolumbiya kartellariga tegishli oltin topildi
08:46 / 24.03.2026
Kolumbiyada harbiy samolyot quladi
10:55 / 04.02.2026
Kolumbiya prezidenti Petro Oq uyda Tramp bilan uchrashdi
20:46 / 08.01.2026