Medelindagi aviahalokat hududidan yana bir tirik qolgan futbolchi topildi
Braziliyaning "Shapekoense" jamoasi himoyachisi Xelio Samper Neto ham Kolumbiyadagi aviahalokatdan omon qolgan. U halokatdan omon chiqqan oltinchi kishi ekani aytilmoqda. Bu haqda Telemedellin tvitterida ma'lum qilindi.
29 noyabrga o‘tar kechasi 72 yo‘lovchi, jumladan "Shapekoense" jamoasi futbolchilarini olib uchgan samolyot Kolumbiyada halokatga uchradi. Jamoa Medelin shahriga Janubiy Amerika Kubogining birinchi finalida "Atletiko Nasonal"ga qarshi o‘yinda ishtirok etish uchun yo‘l olgandi. Laynerda jami 81 kishi bo‘lgan.
Bundan oldingi xabarlarda 76 kishining halok bo‘lgani aytilgandi. Omon qolganlar "Shapekoense" futbolchilari Alana Rushel, Markos Danilo va Jyekson Folman, hamda reys styuardessasi Ximena Suares va braziliyalik jurnalist Rafael Xentsel ekani aytildi. Keyinroq jamoa darvozaboni Markos Daniloning shifoxonada joni uzildi.
Fuqarolik aviatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, aviatexnik Ervin Tumeri ham halokatdan omon chiqqan.
Omon qolganlar yana bor bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Mavzuga oid
17:40 / 27.03.2019
«Shapekoense» samolyoti halokatida omon qolgan jurnalist futbol maydonida jon berdi
23:30 / 25.12.2017
Aviahalokatda omon qolgan futbolchi protez oyog‘i bilan gol kiritdi (video)
08:03 / 08.08.2017
«Barselona» «Shapekoense»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi
12:45 / 25.07.2017