Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chekish yurak xuruji natijasidagi o‘lim xavfini sakkiz barobar oshiradi
Yoshlik paytida chekish 50 yoshdan kichik kishilarda yurak va qon-tomir kasalliklari xavfini 8 barobar oshiradi. Bu haqida Heart jurnalida chop etilgan maqolada ma'lum qilindi.
"Barcha chekuvchilarni yurak bilan bog‘liq jiddiy muammolarga yo‘liqish xavfini pasaytirish maqsadida tamakidan voz kechishga chorlash lozim. Bu ayniqsa, yoshlarga taalluqli", - deydi Buyuk Britaniyadagi Sheffild universiteti ilmiy xodimi Ameliya Lloyd.
Lloyd va uning hamkasblari Sheffilddagi gospitallardan biridagi deyarli 2000 bemorning salomatligi va ularning keyingi taqdirini kuzatib, shunday xulosaga kelishdi. Bemorlar miokard infarktining keng tarqalgan shakli rivojlanishi natijasida shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga kelib tushishgan.
Ularning orasida yoshi ulug‘ insonlar bilan birga yoshlar ham bo‘lgan. Olimlar ularda bu kasallikning rivojlanishiga nima sabab bo‘lganiga qiziqib qolishdi. Buning uchun tibbiyot xodimlari Birlashgan Qirollikning statistika xizmatiga bu insonlarning qanday oziqlangani va qanday zararli odatlarga ega bo‘lgani borasida yordam so‘rab, murojaat qilishgan.
Tadqiqotchilar yurak xurujiga olib keluvchi xavfning asosiy omili chekish ekanligini tezda aniqlashdi. Bu zararli odat yurak va qon-tomir sohalarida jiddiy muammolar va hattoki o‘lim xavfini barcha bemorlar uchun taxminan 3 barobar, yoshlar va 50 yoshgacha bo‘lgan kishilarda esa - 8 barobar oshirishi ma'lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
21:17 / 22.04.2026
Britaniya tamakini taqiqlaydi va «chekmaydigan avlod» mexanizmini ishga tushiradi
10:51 / 20.03.2026
Eng baxtli mamlakatlar ma’lum qilindi
02:09 / 09.03.2026
Tadqiqot: o‘smirlar tobora kamroq uxlamoqda
07:23 / 07.02.2026