Sport | 14:41 / 30.11.2016
10319
2 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyadagi aviahalokatdan omon qolganlardan biri bilan gaplashishdi

Kolumbiyada ro‘y bergan aviahalokatdan omon qolgan 6 kishidan biri aviatexnik Ervin Tumiri qanday qilib jon saqlab qolgani haqida aytib berdi.

29 noyabr kuni tongida bortida Braziliyaning "Shapekoense" klubi futbolchilari hamda xodimlari, jurnalistlar va ekipajning 9 nafar a'zosini o‘z bortiga olgan samolyot Kolumbiyaning Medelin shahriga 50 km qolganida qulab tushdi. Falokatdan atigi 6 kishi omon qoldi. Ularning barchasi ayni damda shifoxonada.

"Shapekoense" jamoasi Janubiy Amerika Kubogi finalida Kolumbiyaning "Atletiko Nasonal" jamoasiga qarshi o‘yinda ishtirok etish uchun Medelinga kelayotgandi. Kolumbiyaliklar klubi texnik direktori Reynaldo Rueda va jamoa sport direktori Viktor Marulanda hodisa joyida va shifoxonada bo‘ldi, ammo ular faqat layner ekipaji a'zosi bo‘lgan Tumiri bilan gaplasha olgan.

"Men avariyaviy holatlarda tavsiya etilgan harakatni bajarganim evaziga omon qoldim. Men o‘tirdim, chamadonni oyoqlarim orasiga qo‘ydim va embrion holatini egalladim", - deya Tumirining so‘zlarini keltirgan  Marca nashri.

Tumiridan tashqari "Shapekoense" futbolchilari Alan Rushel, Jyekson Folman, Xelio Samper Neto, shuningdek reys styuardessasi Ximena Suares va braziliyalik jurnalist Rafael Xentsel omon qolgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid