O‘rgimchak to‘ri
Furqat tumanida yashovchi 27 yashar Akmaljon Kandiyev 2014 yilning fevral oyi boshida qarindoshi E.Homidovga (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) Rossiya Federatsiyasining Krasnodar shahridagi boyvachchaning uyini qurish uchun ustalar kerakligini aytadi, deb yozadi “Huquq” nashri.
Qarindoshi bu gapni ukasi J.Zoirovga yetkazadi. J.Zoirov esa beshariqlik usta – qarindoshi A.Raimov bilan bog‘lanadi. Ular xorijga ishga otlanishadi. Biroq A.Raimovning onasi ish beruvchini so‘rab-surishtirmoqchi bo‘ladi. A.Kandiyev Beshariqqa borib, Z.Raimova bilan ko‘rishadi. “O‘g‘lingiz qurilishda ishlaydi, qum suvoq va alebastr suvoq ishlarini qiladi. Oyiga 400 AQSh dollari ish haqi oladi”, deya onaxonni ishontirdi. Yo‘lda tasodifan tanishgan M.Javodovni ham xorijdagi serdaromad ishga qiziqtirib qo‘yadi.
Shu tariqa A.Kandiyev fevral oyi o‘rtasida J.Zokirov, A.Raimov va M.Javodovni Krasnodar shahriga boshlab ketadi. Ularning pasportlarini yig‘ib olib, ish beruvchi bilan oyiga 400 AQSh dollaridan ish haqi to‘lashga kelishadi. Ustalarni esa “Ish haqinglarni o‘zim olib, uylaringga jo‘natib turaman”, deb ishontiradi.
To‘rt oy ishlashgan yigitlar A.Kandiyevdan ish haqlarini so‘rashganda “uylaringga jo‘natib turibman”, degan javobni eshitishadi.
J.Zoirov akasi E.Homidov bilan telefonda bog‘langanida, ko‘p narsa oydinlashadi.
- Aprel oyida Akmal telefon qilib, 700 dollar jo‘natganini aytgan edi, - deydi E.Homidov telefonda ukasiga. – Bankka uchrasam, 150 dollar kelibdi, xolos. Akmalga telefon qilsam, noto‘g‘ri kodga jo‘natibman, dedi-yu, telefonini o‘chirib qo‘ydi. Boshqa pul jo‘natgani yo‘q.
Shundan so‘ng, J.Zoirov sheriklari bilan uy egasiga uchrab, qurilishni tugatganini aytib, ish haqini so‘raydi. Uy egasi ish haqini oyma-oy Akmalga to‘lab turganini aytib, hisob-kitob varag‘ini ularga beradi. Shundan keyingina A.Kandiyev ish haqlarini olgani, ammo ishlatib qo‘yganini tan oladi. Biroq, “ana beraman, mana beraman”, deya ularni bir yarim yil mobaynida aldab yuraverdi. Aldangan ustalar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishadi.
Chorasiz qolgan A.Kandiyev avvaliga ustalarga 333 ming so‘mdan, 1 mln. so‘m berib, “qolganini keyin beraman”, deb aravani quruq olib qochmoqchi bo‘ldi.
Sud A.Kandiyevdan jabrlanuvchilarga mehnat haqlarini undirish, o‘zini 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida hukm chiqardi.
Mavzuga oid
09:59 / 13.11.2024
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi
08:48 / 09.11.2024