2022 yil 10 avgust. Senat Baxtiyor Islomovni Özbekiston Oliy sudi raisi etib sayladi. Yuqori martabali amaldorning bu lavozimga kelişi köplarda “endi odil sudlovda yaxşi özgarişlar böladi” degan umid uyğotgan edi. Ammo ötgan qariyb 4 yil mobaynida sudlar mustaqilligi va odamlarning odil sudlovga işonçini mustahkamlaş borasida aytarli iş qilinmagani ayon bölmoqda. Kun.uz Islomov davrida tizim qanday işlagani haqida soha odamlarining fikrlarini jamladi.

“Oliy sudgaça boraman”

Özbekiston Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud işlarini yuritiş sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. Qonunçilikka köra, Oliy sud öz vakolatlari doirasida işlarni birinçi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya va taftiş instansiyasi sudi sifatida, şuningdek, yangi oçilgan holatlar böyiça körib çiqadi. Şu bois sudga işi tuşgan odam borki, suddan norozi bölsa, “kerak bölsa Oliy sudgaça boraman”, deydi.

Öşa Oliy sudga esa rais rahbarlik qiladi.

2022 yil 10 avgustda Senat Baxtiyor Islomovni Özbekiston Oliy sudi raisi etib sayladi. Ortda qolgan qariyb 4 yil davomida u adolat tarozisi pallasini teng tutişi lozim bölgan bu idora raisligini qançalik uddaladi? Sud hokimiyatidagi muammolar yeçimi doirasida özgarişlar qila bildimi? Şu savollar atrofida soha odamlarining fikrlari bilan qiziqdik.

Qanday vakolatlarga ega?

Avvalo, Oliy sud raisi lavozimi haqida: bu butun mamlakatda odil sudlovni amalga oşiriş va sudlar mustaqilligini ta’minlaşda ta’sirga ega bölgan lavozim hisoblanadi. Uning vakolatlari “Sudlar töğrisida”gi qonunda aniq belgilab qöyilgan.

Oliy sud raisi uşbu idora faoliyatiga taşkiliy rahbarlikni amalga oşiradi.

Oliy sud raisida işni taftiş tartibida köriş zarurligi haqidagi masalani hal etiş uçun qonunda nazarda tutilgan tartibda sud işlarini talab qilib oliş, işni taftiş tartibida köriş töğrisida qonunda nazarda tutilgan tartibda protest kiritiş, sudlarning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ijrosini qonunda nazarda tutilgan tartibda töxtatib turiş, işni bir suddan boşqa sudga ötkaziş töğrisidagi masalani hal qiliş vakolatlari bor.

Şuningdek, u Oliy sud Plenumi va Rayosatini çaqiradi hamda ularning majlislarida raislik qiladi. Öz örinbosarlari örtasida vazifalarni taqsimlaş, Oliy sud apparatining xodimlari bilan mehnat şartnomalarini tuziş yoki bekor qiliş, Sudyalar oliy kengaşi bilan kelişilgan holda sudlarning tuzilmalariga boşqaruv xodimlarining umumiy soni doirasida özgartirişlar kiritiş, buyruqlar va farmoyişlar qabul qiliş kabi vakolatlarga ham ega.