Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amazon ma'lumotlarni olib boruvchi maxsus yuk mashinalarni taqdim etdi
Foto: Tjournal.ru
Amazon kompaniyasi ma'lumot markazlari orasida 100 petabayt (100 ming terabayt) axborotni bir borishda olib o‘tishga qodir bo‘lgan AWS Snowmobile yuk mashinalarini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya blogida xabar berilgan.
Yuk mashinasi kuchli zarbalarga bardosh bera oluvchi kuzovga ega. Uning uzunligi 13, balandligi esa 3 metrga teng. Ichida esa qattiq disklar mavjud. Snowmobile’ning o‘zi esa ma'lumot markaziga ham ulanishi mumkin.
Ulanish yuqori tezlikdagi svitch va kabel yordamida amalga oshirilib, ma'lumotlarni soniyasiga 1 terabit tezlikda berish imkoniga ega.
Shuningdek, kompaniya ma'lumotlar bo‘lgan yuk mashinasini qo‘riqlab boruvchi maxsus xodimlarni ham taqdim etadi.
Amazon vakillari so‘zlariga ko‘ra, bunday yuk mashinalar katta talabga ega. Hattoki, eksabayt (1024 petabayt)dan ko‘proq bo‘lgan ma'lumot hajmiga ega mijoz borligi ham ma'lum bo‘ldi. Ulardan ba'zi birlari Amazon tomonidan taklif etilayotgan saqlash, ma'lumotlar bazasini qo‘llab-quvvatlash va boshqa xizmatlardan foydalanish niyatida. Biroq buning uchun o‘z ma'lumotlarini AWS’ning “bulutli” servisiga “olib borishlari” shart.
Bunday xizmatlar qanchaga tushishi noma'lum. Kompaniya xabariga ko‘ra, ular har bir holatni alohida ko‘rib chiqishadi va narx belgilaydi.
Mavzuga oid
10:54 / 18.12.2025
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi
09:34 / 04.12.2025
Toshkentda yo‘llarni ifloslagan yuk mashinalari bo‘yicha reydlar kuchaytirildi
12:56 / 01.12.2025
Bektemir–Chorbog‘ yo‘lidagi janjal: yuk mashinasi haydovchisiga otvyortka bilan tahdid qilindi
21:21 / 25.11.2025