Ğallaorol tumanida yuk maşinasi yonib ketdi. Jizzax viloyati FVB yonğin töğrisida ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinişiça, hodisa bugun tongda M-39 xalqaro avtomobil yölida sodir bölgan.
Jizzax viloyati FVBga “Samarqand-Toşkent” yönalişida harakatlanib ketayotgan yuk maşinasida yonğin sodir bölayotganligi töğrisida xabar kelib tuşgan. 2 ta yonğin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yarim soatdan köproq vaqtda yonğinni öçirişgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöqligi bildirildi. Hozirda yonğin sababi va zarari aniqlanmoqda.
Bu sönggi 20 kunda yöllarda yuk maşinasi yonişi bilan boğliq uçinçi holat: 16 may kuni Samarqandda hamda Piskentda yuk maşinalari yonib ketgandi.








