Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruzin yozuvlarining uch turi ham YuNeSKO madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi
Gruzin yozuvlarining uch turi - mrgvlovani, nusxuri va zamonaviy mxedruli - YuNeSKO madaniy merosining nomoddiy ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqida 1 dekabr, payshanba kuni Gruziya TIVga asoslanib, TASS xabar berdi.
Efiopiya poytaxti Addis-Abebada bo‘lib o‘tayotgan YuNeSKOning nomoddiy madaniy merosi muhofazasi bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning 11-sessiyasida gruzin alifbosining uch turini ham tirik madaniy meroslar qatoriga qo‘shishga qaror qilindi.
TIV ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu sessiyada YuNeSKO qo‘mitasi "Gruziya tomonidan taqdim etilgan nominatsiyani qo‘llab-quvvatladi" va u "YuNeSKO nomoddiy madaniy merosining barcha shartlariga to‘liq javob berishini" tasdiqladi.
Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili mamlakatni "gruzin alifbosinining xalqaro miqyosda tan olinishi bilan" qutladi.
Mavzuga oid
08:32 / 21.05.2026
O‘zbekiston Buxoro va Qo‘qondagi tarixiy saroylarni restavratsiya qiladi
14:29 / 03.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
09:03 / 15.04.2026
O‘zbekiston Zomin tog‘larini YuNeSKO ro‘yxatiga kiritish jarayonini boshladi
08:54 / 30.03.2026