Fan-texnika | 19:55 / 02.12.2016
14589
2 daqiqa o‘qiladi

Amerika kompaniyasi birinchi vodorodli yuk mashinasini taqdim etdi

Foto: © Nikola Motor Company

Amerikaning Nikola Motor Company kompaniyasi batareyalarni quvvatlantirish uchun vodorod yoqilg‘isidan foydalanuvchi dunyodagi birinchi yuk mashinasini taqdim etdi. Bu haqda ishlab chiqaruvchi saytida xabar berilgan.

Model Nikola One nomini oldi. U litiy-ionli akkumulyatorlarda ishlovchi butunlay elektrlashtirilgan yuk mashinasi. U harakatlanganda vodorod yoqilg‘i elementlaridan quvvat oladi.

Nikola One uzoq masofalarga harakat qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, yo‘l zaxirasi 1287-1931 kilometr atrofida baholangan. 1000 ot kuchiga teng bo‘lgan mashina olti g‘ildirakli bo‘lib, uning og‘irligi 8,2-9,5 tonna atrofida bo‘ladi.

Ishlab chiqaruvchining ma'lum qilishicha, bunday mashinalarning eng birinchisi 2020 yilda ishlab chiqariladi. Lizing dasturi zaxirasi tugamaydigan vodorod yoqilg‘isi va 72 oy ichidagi doimiy xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan.

Bundan tashqari, Nikola Motor o‘zining zapravka stansiyalari tarmog‘ini qurishni ham rejalashtirmoqda.

Foto: © Nikola Motor Company
Foto: © Nikola Motor Company
Foto: © Nikola Motor Company
Foto: © Nikola Motor Company

Mavzuga oid