Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada o‘ta noyob sayyohlik poyezdlari ishga tushdi
Yaponiyaning Aomori profekturasi shimolida an'anaviy ko‘mirli pechkalar bilan jihozlangan kichik sayyohlik poyezdi qatnay boshladi. U qishki mavsum oldidan yo‘lga chiqqan, deb xabar qiladi NHK telekanali.
Ikki vagondan iborat tarkib Gosyogavara va Nakadomari shaharlari oralig‘idagi 22 kilometrlik yo‘nalishda harakatlanib, 40 insonni qabul qilishi mumkin. Vagonlarning har birida ko‘mirli pechka o‘rnatildi. Bu sovuq ob-havo sharoitida isinish imkonini beradi. Bundan tashqari, pechkalarning o‘zi maxsus ochiq manqal bilan jihozlanib, bu yo‘lovchilarga kalmar va boshqa tanqis dengiz mahsulotlarini quritish imkonini beradi.
Birinchi reys yomg‘irli havoda yo‘lga chiqdi. Biroq tashkilotchilarning va'da berishicha, Aomorida qor yog‘ganida poyezdda sayohat qilish juda go‘zal tabiat manzaralarini tomosha qilishga yordam beradi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026