Jahon | 09:14 / 02.12.2016
5227
2 daqiqa o‘qiladi

BMT: noyabrda 4 mingdan ortiq iroqlik halok bo‘lgan va yaralangan

Foto: Reuters

Iroqdagi teraktlar, zo‘ravonlik va qurolli ixtilof oqibatida noyabr oyi  davomida 4 mingdan ortiq iroqlik halok bo‘lgan va yaralangan. Bu haqda 1 dekabrda BMTning Iroqqa qo‘mak ko‘rsatish bo‘yicha missiyasi ma'lum qildi.  

"Umumiy hisobda noyabrda teraktlar, zo‘ravonlik va qurolli ixtilof oqibatida 2885 iroqlik o‘ldirilgan va 1380 nafari yaralangan", deb aytilgan matbuot uchun berilgan bayonotda. Missiya ma'lumotlariga ko‘ra, bu qurbonlarning aksariyat qismini fuqarolar tashkil qiladi: ulardan 926 nafari o‘ldirilgan va 930 nafari yaralangan. Noyabrda janglarda ishtirok etayotgan politsiyachilar hamda "peshmerg" kurd tuzilmasi jangchilarini o‘z ichiga oluvchi Iroq xavfsizlik kuchlari safidan 1959 kishi o‘ldirilgan va 450 kishi yaralangan.  

Bunda ayniqsa Bag‘dod aholisi ko‘proq talofot ko‘rgan: 152 nafar fuqaro o‘ldirilgan, 581 nafari yaralangan. Anbar viloyatida 292 kishi o‘ldirilgan va 114 kishi yaralangan.

"Qurbonlar soni esankiratib qo‘ymoqda – ulardan aksariyati fuqarolar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. IShID Mo‘sul va Naynavoda o‘z pozitsiyalarini saqlab qolishga urinishda fuqarolar uylarini o‘t ochishmoqda hamda tinch aholini o‘g‘irlab yoki majburan ko‘chirib, ulardan tirik qalqon sifatida foydalanmoqda", deb aytdi BMT bosh kotibining Iroq bo‘yicha maxsus vakili Yan Kubish.

Kurd tuzilmalari vakili Xalgo‘rd Hikmatning aytishicha, 17 oktabrda Mo‘sulni ozod qilish operatsiyasi boshlangandan beri "peshmerg"ning kamida 1,6 ming jangarisi halok bo‘lgan va 10 mingi yaralangan. 

Bu orada Iroq maxsus maqsaddagi kuchlari qo‘mondoni, general Abdul G‘ani al-Asadiyning aytishicha, IShIDning 1000 jangarisi yo‘q qilingan. 

 

Mavzuga oid