Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Rossiya o‘qqa tutishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
Rossiyaning o‘qqa tutishi oqibatida eng ko‘p qurbonlar Xarkiv viloyatida qayd etildi. Sumi viloyatida esa dronning ma’muriy binoga zarbasi sabab qariyb 40 nafar politsiya xodimi jabrlangan.
Ukrainada Rossiyaning o‘qqa tutishi natijasida besh kishi halok bo‘ldi. Eng ko‘p qurbon — uch kishi Xarkiv viloyatida qayd etildi. Viloyat rahbari Oleg Sinegubov ma’lum qilishicha, Xarkiv shahrida 45 va 50 yoshli ikki erkak halok bo‘lgan, uchinchi qurbon — 53 yoshli erkak — Chuguyevda vafot etgan. Viloyatda yaralanganlar soni o‘nlab kishini tashkil etmoqda, ular orasida olti yoshli bola ham bor.
Chernixiv viloyatining Koryukov tumanida dron hujumi natijasida 15 yoshli qiz halok bo‘ldi. Uning ota-onasi yaralangan va shifokorlar nazorati ostida, ularning uyi esa butunlay vayron bo‘lgan, deb ma’lum qildi viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Vyacheslav Chaus.
Xerson viloyatida bir kishi halok bo‘lgan, yana 23 kishi, jumladan bir bola yaralangan, deb xabar qildi viloyat rahbari Aleksandr Prokudin. Zaporijjya viloyatida esa gubernator Ivan Fedorov ma’lumotiga ko‘ra, 15 kishi yaralangan.
Sumi viloyatining Shostka jamoasida uchuvchisiz apparatning ma’muriy binoga zarbasi oqibatida qariyb 40 nafar politsiyachi jabrlangan. Shu viloyatning Boromlya jamoasida esa ikki erkak yaralangan.
Donetsk viloyatining Kramatorsk shahrida o‘tgan bir sutka ichida bir kishi yaralangan, deb ma’lum qildi viloyat harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari Vadim Filashkin.
Dnipropetrovsk viloyatida ikki nafar yarador o‘rtacha og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan, deb bildirdi gubernator Aleksandr Ganja.
Mavzuga oid
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
18:06 / 08.06.2026