Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘arbiy Xitoy tog‘larida ShHT tog‘ merganlarining mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi
Shanxay hamkorlik tashkilotining tog‘-o‘qchi bo‘linmalari Xitoyning Sintszyan-Uyg‘ur muxtor tumanidagi Korla shahri bazasida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda. Bu yerda, shartli jinoiy guruhlar qarorgohlari nishonga olinmoqda. Rossiya Markaziy harbiy okrugi rasmiy vakili Yaroslav Roshupkin shu haqda ma'lum qilgan.
"ShHT mamlakatlari qurolli kuchlari tog‘-o‘qchi bo‘linmalari shartli jinoiy guruhlarning o‘tochar nuqtalarini yo‘q qildi. Minomyot bo‘linmalari nishonlarga zarba bergan, harbiylar esa daralar, qoyalar ortida yashiringan “jinoyatchi”larni bartaraf etgan. Jangovar pikaplardagi “jangari”larga tanklarga qarshi boshqariluvchi raketalar yordamida zarba berilgan. Maxsus kuchlar, tog‘ snayperlari va snayperlik juftliklari ortga chekinayotgan “terrorchilar”ni yo‘q qilishdi", — degan Roshchupkin.
4 dekabrgacha davom etuvchi manyovrlarda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy va Rossiya harbiylari qatnashmoqda.
Mavzuga oid
09:06 / 25.05.2026
Xitoy kosmosda insonning uzoq yashashini o‘rganmoqda
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
12:04 / 23.05.2026
Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi
10:31 / 22.05.2026