Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada jamoalarga 4 nafar futbolchi almashtirishga ruxsat berildi
Nemis futbol ittifoqi (DFB) Germaniya kubogi o‘yinlarida jamoalarga 4 nafar futbolchini almashtirishga ruxsat berdi.
Tashkilot saytida yozilishicha, qaror nimchorak final bahslaridan kuchga kiradi va 2017/18 yilgi mavsum oxiriga qadar amal qiladi.
To‘rtinchi o‘zgarishni amalga oshirishga faqat qo‘shimcha bo‘limlar vaqtida ruxsat beriladi.
«Jamoalar bu qoida afzalliklarini ko‘rib turgani va unga rozi bo‘lganidan xursandmiz. Almashtirishni qo‘shimcha bo‘limlarda amalga oshirish mumkin. Bu loyiha qoidani ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlab olishga yordam beradi», degan DFB vitse-prezidenti Peter Fraymut.
Ayollar futbolida bu qoida 2 dekabrdan amalda, erkaklar futbolida esa 2017 yilning 7 fevralidan.
Bu tartib bundesligaga 2017-18 yilgi mavsumdan kiritilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
23:44 / 20.06.2026
O‘zbekiston-Portugaliya bahsini marokashlik hakamlar boshqaradi
22:52 / 14.06.2026
O‘zbekiston - Kolumbiya o‘yinini angliyalik hakam boshqaradi
10:10 / 09.06.2026
Jahon chempionati hakami AQShga kiritilmadi
11:57 / 07.01.2024