Jahon | 16:02 / 02.12.2016
12943
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyada AQShning samolyotlari "ko‘rinmasligini" yo‘qotmoqda

Foto: © wikipedia.org

Suriyada aksilterrorchilik operatsiyasida ishtirok etayotgan F-22 Raptor qiruvchi samolyotlarining ularni radiolokatsion qurilmalarga "ko‘rinmaydigan" qiluvchi radioyutuvchi qoplamasi to‘kilib tusha boshladi. Bu haqda Aviation Week xabar bermoqda. 

Resurs ma'lumotlariga ko‘ra, samolyotlar fyuzelyajlarining ba'zi joylarida radioyutuvchi bo‘yog‘i burishib, to‘kilib tusha boshlagan. Amerikalik harbiylarning fikricha, bu mahalliy iqlim sharoitlari tufayli yuz bermoqda. 

Lockheed Martin aviasozlik kompaniyasidagi F-22 dasturi rahbari Jon Kottemning tushuntirishicha, samolyotlarning qoplamasi o‘z qattiqligini yo‘qotib, o‘zining dastlabki suyuq holatiga qaytayotgani sababli ularga putur yetgan. Bunga yomg‘irlar va qum bo‘ronlari ta'sir qilgan.

Uchuvchilar avval ham F-22’larning "ko‘rinmasligi" barbod bo‘layotganidan shikoyat qilishgan. 2009 yilda Lockheed Martin’ning sobiq muhandisi Derrol Olsen kompaniyani  radioyutuvchi plyonka suv, moy yoki yoqilg‘i ta'sirida oson o‘chib ketishi sababli samolyotlarni bu qoplama bilan bir necha qatlam ortiqcha qoplashda ayblagandi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid