23:51 / 03.12.2016
12167

2016 yil noyabri Rossiya va boshqa bir qator davlatlarda eng sovug‘i bo‘ldi

Foto: TASS

Rossiyada 2016 yil noyabri 21-asrdagi eng sovug‘i bo‘ldi. Bunday sovuq noyabr Rossiyada 2000 yildan beri kuzatilmagandi. Bundan Rossiya Gidrometsentri tomonidan o‘tkaziladigan iqlim monitoringi ma'lumotlari guvohlik bermoqda.

"Sovuq havo mamlakatning g‘arbiy chegarasidan Oxota dengizigacha bo‘lgan deyarli butun hududini qamrab oldi", deyilmoqda xabarda. 

Ural va G‘arbiy Sibirda noyabrdagi o‘rtacha havo harorati me'yordagidan 4-6 gradus pastroq bo‘ldi. Primoreda joriy noyabr 1891 yildan beri olib borilayotgan meteokuzatuvlar tarixidagi uchinchi eng sovuq noyabr bo‘ldi, Uralda esa bunday sovuq noyabr oxirgi marta 1987 yilda kuzatilgandi.

Povoljye va Shimoliy Kavkazda, Ural va Sibirda, Yoqutiston va Saxalinda havo haroratining eng past ko‘rsatkichlarining yangi rekordi qayd qilindi. Faqatgina Rossiyaning Arktikadagi qismi noodatiy iliq havo hukmida bo‘ldi. U yerda me'yordagidan 6-12 gradus iliq bo‘ldi.

Noyabrdagi sovuq harorat nafaqat Rossiyani, balki Sharqiy yarimsharning anchagina qismini qamrab oldi. Shimoliy Yevropa, O‘rta Sharq va Markaziy Osiyoda noyabrdagi o‘rtacha havo harorati me'yordagidan past bo‘ldi. Rekord darajadagi sovuq harorat O‘zbekiston, Chexiya,  Qozog‘iston, Turkmanistonda qayd etildi    

AQSh va Kanada joylashgan G‘arbiy yarimsharda, aksincha, havo harorati noyabrda me'yordagidan 4-8 gradus iliqroq bo‘ldi. Bu ikki davlatda joriy noyabr ular tarixidagi eng iliq noyabr bo‘ldi.

 

Mavzuga oid
Top