Texnologii | 15:27 / 03.12.2016
6521
4 daqiqa o‘qiladi

HDR va LG OLED TV texnologiyasi – televizor ko‘rishning mukammal tajribasi!

Foto: LG

HDR texnologiyasi? U qanday ustunliklar va imkoniyatlarni taklif etadi? Nima uchun aynan HDR va LG OLED innovatsion texnologiyasi tufayli yuqori televizion texnologiyalarning kelajak olamiga sayohat qilish mumkinligi haqida quyida berilgan maqoladan bilib oling. 

Eng avvalo, HDR qisqartmasiga oydinlik kiritamiz. Demak, High Dynamic Range  - bu kengaytirilgan dinamik diapazon. Tasvirga nisbatan bu eng to‘q va eng och ranglar o‘rtasidagi, katta diapazondagi yorqinlikda namoyon bo‘ladi. Haqiqatda keng dinamik diapazondagi tasvir odatdagidan kontrastroq va yorqinroq ko‘rinadi, unda detallar ko‘p, bo‘yoqlar esa yanada to‘yintirilgandek.

Boshqacha qilib aytganda, HDR tasvirning deyarli barcha parametrlar bo‘yicha vizual jihatdan yaxshilanishini ta'minlaydi. Tasvirning vizual kontrasti oshirilishi, soya parametrlariga  ishlov berilishi shular jumlasidandir. 

Muammo shundaki, bunday tasvirni aksariyat tasvir vositalari – elektron siyoxli displeylar, kompyuter monitorlar, televizorlar yoki loyiha ekranlarida ko‘rsatish qiyin, chunki ularning real dinamik diapazoni talab darajasida emas. 

Organik svetodiodlardan tuzilgan avtonom yonuvchi noyob texnologiya tufayli LG’ning OLED televizorlari boshqa televizorlar yetkazib bera olmaydigan mayda detallar va real, aniq ranglarni yetkazib berishga qodir. 

LCD televizorlardan farqli o‘laroq, OLED panelining har bir pikseli mustaqil ravishda yoqilib, o‘chish xususiyatiga ega. Shu bois OLED har qanday mitti detallargacha aniq tasvirni yetkazib beradi. 

Siz LG va professional suratkash Shon Parkerning original videosini tomosha qilib, LG OLED televizorlarining mukammal tasvir sifatiga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Ushbu videoda (https://www.youtube.com/watch?v=Nl1Jc82CSYI) nafaqat kontrast tasvirlar ketma-ketligi ifodalangan – fotomusavvir o‘zining raqamli polotnolarida zamonaviy LG televizorini ko‘rish vaqtida yuzaga keladigan his-tuyg‘ularni aks ettirgan. Tasvirning ajoyib ifodasi, mutlaqo qora rang, betakror liniyalar aniqligi, yuqori kontrast – bularning barchasi noyob san'at asarlarini yaratishga undaydi. 

LG OLED innovatsion texnologiyasi HDR’ning barcha formatlari bilan uyg‘unlikda mukammal qop-qora rangni ko‘rishga imkon beradi, uning fonida qolgan barcha ranglar tabiiy va yanada yorqin ko‘rinadi. LG OLED ekrani yanada ko‘proq (milliarddan ziyod) rang tasvirlarini ifodalashga va eng mayda detallarni ham maksimal darajada aniq yetkazib berishga qodir.

Bundan tashqari, OLED HDR funksiyasi Dolby Vision hamda ULTRA HD PREMIUM sertifikatsiyasidan o‘tgan va unga to‘liq muvofiq keladi. Natijada eng to‘q va eng yorqin obektlar ham maksimal darajada aniq aks ettiriladi. 

LG internetda: 

Facebook
Instagram
LGblog.uz
Mover.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid