Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro iqtisodiy inqiroz sababli 5 minglik kupyura chiqarilishini e'lon qildi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Venesuelada yaqin orada 500 va 5000 bolivar (mamlakat pul birligi) qiymatidagi qog‘oz pullar muomalaga chiqarilishini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Maduroning aytishicha, Venesuela inflyatsiya o‘sishi va iqtisodiy inqiroz sababli yaqin orada yirikroq qiymatdagi qog‘oz pullar paydo bo‘lishi masalasini hal qiladi. Ayni vaqtda mamlakatdagi eng katta kupyuraning qiymati 0,02 dollarga teng, 5000 bolivar esa 1 dollarga teng bo‘ladi.
"Yaqin orada bir necha millionta 500, so‘ngra bir necha millionta 5000 bolivarlik kupyuralar muomalaga chiqariladi", deb aytdi Maduro telemurojaatda.
Maduroning aytishicha, mamlakatning markaziy banki bu haqdagi batafsil ma'lumotni 4 va 5 dekabrda tarqatadi.
Mavzuga oid
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026