Soxta muhr tayyorlagan yigit fosh etildi
Urganchlik Muhriddin Olimov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) Ukrainaning Dnepropetrovsk shahridagi tibbiyot institutiga o‘qishga kirdi. Ammo bir yil o‘tmayoq imtihonlarni o‘z vaqtida topshira olmay talabalar safidan chiqarildi. Buni eshitgan ota-onasi undan qattiq ranjishdi, albatta, deb yozadi “Postda” gazetasi.
Muhriddin Ukrainaga borib, bir amallab o‘qishini tikladi. Oradan bir oylar o‘tgach esa, pasportidagi O‘zbekistondan chiqish va Ukrainada bo‘lish muddatlari tugadi. Shu bois davlat chegara xizmatiga borib, kirish-chiqish muddatlarini uzaytirib kelishi lozim edi. Bu paytda otasi katta novvosni sotib bergan pulining ham tagi ko‘rinib qoldi. Buning ustiga yashayotgan uyining ijara pulini ham to‘lashi kerak. Shu payt miyasiga kelgan fikrdan suyunib ketdi.
Muhriddin o‘sha kuni do‘konga bordi, kerakli narsalarni xarid qildi va ikki kun xonadan chiqmadi. Buni ko‘rgan xonadon egasi xavotirlanib, eshikni taqillatdi. Muhriddin unga dars qilayapman, imtihon yaqin, dedi.
Xonaga kirgan uy egasi xavotiri o‘rinsiz ekaniga ishonch hosil qilib, chiqib ketadi. Bu paytda Muhriddin yasagan muhrlar tayyor bo‘lgandi. U yana eshikni yopib oldi va o‘ta ehtiyotkorlik bilan pasportiga O‘zbekistondan chiqish va Ukrainaga kirish huquqini beradigan chegara muhrlarini bosdi, muddatlarni yozib, jimjimador qilib imzo chekdi...
Muhriddin yozgi ta'tilda ota-onasining oldida bo‘lish uchun samolyotda Toshkentga uchdi. O‘zga davlatdagilar soxta muhrlarni payqamagani uchun bu yerdan ham bemalol o‘tib ketaman, deb o‘ylagan Muhriddin bekorga suyunganini tezda tushunib yetdi. Poytaxt aeroporti xodimlari uning pasportidagi muhrlarni bir ko‘rishdayoq soxta ekanini aniqlashdi. Tekshiruv davomida muhrlar qalbaki ekanligi isbotlandi.
Mavzuga oid
15:37 / 07.11.2024
Xorazmda kiyim-kechak bozorida yong‘in sodir bo‘ldi
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
11:12 / 29.10.2024
8 yilgacha qamoq jazosi – Jinoyat kodeksiga «lixoradchik»lar uchun alohida modda kiritildi
13:42 / 28.09.2024