Içki işlar vazirligi ma’lumotiga köra, gumonlanuvçilardan biri bir fuqaroni videoga olib, uni giyohvandlik vositalarini tarqatişda ayblagan. Keyin esa tasvirlarni tarqatmaslik evaziga undan 500 dollar talab qilgan.

Guruh a’zolari pul berilmagan taqdirda jabrlanuvçiga nisbatan jismoniy kuç işlatiş va uni öldiriş bilan tahdid qilgan.

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvçilar Yunusobod tumanidagi avtoturargohlardan birida tovlamaçilik yöli bilan talab qilingan mablağning bir qismi — 300 dollar va 2,4 million sömni olayotgan vaqtida qölga olingan.

Tekşiruv jarayonida ulardan olingan pul mablağlari, oltita mobil telefon, piçoq hamda ötkir tiğli buyum aşyoviy dalil sifatida musodara qilindi.

Tergov ma’lumotlariga köra, guruhga 20 yoşli şaxs rahbarlik qilgan. Uning şerigi hamda ikki nafar voyaga yetmagan şaxs jinoiy faoliyatga jalb etilgan.

Guruh rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining tovlamaçilik, voyaga yetmaganlarni ğayriijtimoiy faoliyatga jalb qiliş va öldiriş bilan tahdid qiliş moddalari böyiça ayblov e’lon qilingan. Qolgan gumonlanuvçilarga esa tovlamaçilik aybi qöyilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.