Jahon | 23:23 / 04.12.2016
6256
1 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyada mer va jurnalistlar otib ketildi

Foto: EPA

Finlyandiyada otishmada Imatra shahri meri va ikki nafar mahalliy jurnalist halok bo‘ldi. Uchala qurbonlar ham ayol kishilar bo‘lgan. Otishma Imatrada yuz bergan, deb xabar bermoqda Yle.

Otishma 4 dekabrga o‘tar kechasi shahardagi restoranlardan birida yuz bergan. Jinoyatni sodir etganlikda gumon qilingan kimsa qo‘lga olingan.

U 23 yoshli erkak bo‘lib chiqqan va qarshilik ko‘rsatmay taslim bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, huquq-tartibot muassasalarida jinoyat sababi haqidagi tekshirilmagan istalgan axborot inkor qilinmoqda, chunki bu sabablar hozircha noma'lum. 

Telekanal muxbiri ma'lumotlariga ko‘ra, ayollar restorandan chiqayotganlarida otib ketilganlar.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid