Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda kondagi portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 32 kishigacha oshdi
Foto: © RIA
3 dekabrda Xitoyning Chifen shahridagi ko‘mir konida kon gazining portlashi oqibatida halok bo‘lganlar konchilar soni 32 kishigacha oshdi. Bu haqda mahalliy vakilga iqtibos keltirgan holda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.
"Ko‘plab jabrlanganlar bor", deb aytilgan xabarda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, portlash vaqtida yer ostida 181 konchi bo‘lgan, ulardan 149 nafari o‘zlari yoki qutqaruvchilar yordamida yuzaga chiqa olganlar.
Portlash Pekin vaqti bilan 11:30 da Chifen shahrining Yuanbaoshan tumanida Baoma tog‘-kon kompaniyasiga tegishli korxonada yuz bergan.
"Bir necha javobgar shaxslar hibsga olindi", deb aytildi xabarda.
Mavzuga oid
11:57
Oqbo‘yradagi portlash yuzasidan Qonunchilik palatasi deputati vazirlikka so‘rov jo‘natdi
23:26 / 14.05.2026
Turizm qishlog‘idagi portlash - Oqbo‘yrada osmondan tosh yog‘ildi
09:17 / 05.05.2026
Xitoyda feyyerverk zavodida yuz bergan portlashda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
19:47 / 18.04.2026