Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Xanti-Mansiyskidagi YTHda 10 kishi halok bo‘ldi
Foto: Rossiya FVV matbuot-xizmati
Rossiyaning Xanti-Mansiyski yaqinida yuz bergan yirik yo‘l-transport hodisasida 10 kishi halok bo‘ldi, deb ma'lum qildi TASS axborot agentligi. Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, qurbonlardan 9 nafari bolalar bo‘lgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Xanti-Mansiysk-Tyumen trassasida avtobus, yuk mashinasi va ikkita yengil mashina to‘qnashib ketgan. Ma'lum qilinishicha, yana 20 kishi jabrlangan.
Avtobusda nefteyugansklik yosh sportchilar ketayotgan bo‘lgan. Ular akrobatika bo‘yicha musobaqalardan qaytayotgan bo‘lganlar.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Xanti-Mansiyskda 4 dekabr ertalab yana bitta yirik YTH yuz bergan. Bu avtohalokatda 5 kishi halok bo‘lgan va yana 10 kishi jarohat olgan.
Ikkala YTH joyiga ham ko‘plab tez tibbiy yordam brigadalari yuborilgan.
Mavzuga oid
23:31 / 16.01.2026
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning o‘g‘li Adam og‘ir «avariya»ga uchragani aytildi
10:48 / 15.01.2026
Yunusobod tumanida uchta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
21:52 / 14.01.2026
5 yil davomida YTHlar kamayish dinamikasi saqlanib qoldi – YHXX
12:40 / 14.01.2026