Tailandda yangi qirolni haqoratlagan birinchi kishi hibsga olindi
Tailandda yangi qirol Maxa Vachiralongkorni haqorat qilganlik uchun birinchi hibsga olish o‘tkazildi. Hibsga olingan "Dao din" talabalar harakati ishtirokchisi Yatupat Bunpattaraksa bo‘ldi, u feysbukda Tailandning yangi hukmdori haqidagi maqola bilan bo‘lishgan. Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.
Maqolada yangi qirolning shaxsiy hayotidagi mavzu ko‘tarilgan va u o‘z rafiqalari bilan uch marta ajrashgani ta'kidlab o‘tilgan. Vachiralongkor 1 dekabrda taxtni egalladi va talaba Tailandning yangi qirolini haqoratlagani uchun jazo oladigan birinchi talaba bo‘lishi mumkin.
"Dao din" talabalar harakati 2014 yildagi to‘ntaruvdan keyin Tailandda o‘rnatilgan harbiy diktaturaga qarshi chiqadi. Tashkilot o‘z faolining ozod qilinishini talab qilmoqda. Talaba avval ham mamlakatdagi harbiy tuzumni tanqid qilgani uchun hibsga olingandi.
Maxa Vachiralongkorn otasi, Tailandning sobiq qiroli Pxumipon Adulyadet 2016 yil oktabrdagi vafotidan keyin taxtni egalladi. Sobiq qirol 70 yildan ko‘proq vaqt taxtni egallagan. Tailandda qirolni haqoratlaganlik uchun 3 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
23:19 / 01.10.2024
Tailandda 40 ga yaqin o‘quvchi va o‘qituvchilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda
21:12 / 29.09.2024
Tailand hukumati iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun fuqarolarga 300 dollardan tarqatishni boshladi
01:00 / 29.09.2024
Tailandda fermer devor qulashi xavfi sabab 100 dan ortiq timsohini o‘ldirishga majbur bo‘ldi
13:20 / 27.09.2024