AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşining ön ikkinçi kunida Fors körfazida, jumladan Hörmuz böğozi hududida bir neçta fuqarolik kemasiga hujum qilindi. Uçta yuk kemasi “aniqlanmagan snaryadlar” bilan nişonga olingan, deb xabar qildi 11 mart, çorşanba kuni Buyuk Britaniya harbiy-dengiz kuçlari huzuridagi Dengiz savdo taşuvlarini muvofiqlaştiriş markazi — UKMTO. Ularning birida yonğin çiqqan.

Tailand harbiy-dengiz kuçlari raketa tegişi ortidan Hörmuz böğozida yongan kema Tailandga tegişli Mayuree Naree quruq yuk kemasi ekanini bildirdi. Birlaşgan Arab Amirliklariga yöl olgan uşbu kemaning 20 nafar ekipaj a’zosini Ummon harbiy-dengiz kuçlari evakuatsiya qildi, yana uç kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda. Bundan taşqari, Yaponiya bayroği ostidagi One Majesty konteyner taşuvçi kemasi va Marşall orollari bayroği ostidagi Star Gwyneth quruq yuk kemasi ham zarbaga uçradi.

Şu orada Tehron Liberiya bayroği ostida harakatlangan va isroillik egasiga tegişli bölgan Express Rome quruq yuk kemasiga, şuningdek Tailandning Mayuree Naree kemasiga qilingan zarbalar uçun mas’uliyatni öz zimmasiga oldi. Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) bayonotiga köra, ularning ekipajlari ogohlantirişlarni inkor etgan, şundan keyin ular “Eron raketalari bilan nişonga olinib, töxtatilgan”.

IIMK harbiy-dengiz kuçlari qömondoni Alirizo Tangsiriy X tarmoğida kemalarning Hörmuz böğozi orqali ötişi faqat Eron ruxsati mavjud bölgan taqdirdagina mumkinligini ma’lum qildi.

Bundan bir kun oldin Eron Hörmuz böğozini minalaşga kirişgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Şundan söng AQŞ armiyasi Eron kemalariga, jumladan mina qöyişda foydalanilgan 16 ta qayiqqa qarşi bir qator zarbalar berganini ma’lum qildi. AQŞ prezidenti Donald Tramp ham Hörmuz böğozi yaqinida Eronning mina qöyuvçi kemalari yöq qilinganini tasdiqladi.

Hörmuz böğozi — Yaqin Şarq mamlakatlaridan neft taşiş uçun eng muhim yöllardan biri — Isroil va AQŞning Eronga qarşi uruşi boşlanganidan beri amalda fuqaroviy kemalar tomonidan deyarli işlatilmayapti. 28 fevraldan buyon faqat birgina tanker Eron hujumlaridan qoçib, böğozdan öta olgani haqida xabar berilgan. Uruşning butun dunyo uçun sezilarli oqibatlaridan biri Hörmuz böğozi orqali kema harakati töxtaganidan keyin yonilği narxlarining keskin oşib ketişi böldi.

Isroil va AQŞ 28 fevral kuni ertalab Eron hududidagi obektlarga ommaviy zarbalar berib, hujum boşlagan edi. Jang harakatlarining birinçi kunida Eronning oliy rahbari Ali Xominaiy va bir qator yuqori lavozimli amaldorlar hamda kuç işlatar tuzilmalar vakillari halok böldi. Bunga javoban Eron Isroil hududiga va Yaqin Şarqdagi AQŞ harbiy bazalariga zarbalar bera boşladi. Harbiy harakatlar mintaqadagi aksariyat mamlakatlarga ta’sir qildi, uçuvçisiz apparatlar va raketalarning fuqaroviy obektlarga kelib tuşişi bir neça bor qayd etildi.