«Krasnodar» va O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov bugun o‘ziga yubileyini nishonlaydigan bo‘ldi.
Gap shundaki, Ahmedov Rossiya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan «Krilya Sovetov»ga qarshi uchrashuvda krasnodarliklar safida o‘zining 100-uchrashuvini o‘tkazmoqda.
Klub rasmiy tvitteri bu xabarni eslatib o‘tish bilan birga Odil Ahmedovni ham tabriklagan.