Rossiya Dumasidagilar O‘zbekistondagi saylov natijalariga munosabat bildirmoqda
Rossiya davlat dumasi delegatsiyasi kuzatuvchilariga rahbarlik qilgan xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mita rahbari Leonid Slutskiyning hisoblashicha, O‘zbekistondagi prezidentlik saylovida Shavkat Mirziyoyevning g‘alabasi Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari hamkorlik va qalin qo‘shnichilik ruhida saqlanib qolishini ta'minlaydi. Bu haqda«Interfaks» xabar tarqatgan.
«Mirziyoyev uzoq yillar davomida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov jamoasida ishlagan. Ishonch bilan aytishim mumkinki, u prezident bo‘lib saylangach, ichki va tashqi siyosatda Karimov tomonidan yo‘lga qo‘yilgan siyosatni davom ettiradi», — degan Slutskiy.
Slutskiy O‘zbekistonda saylovoldi kampaniyasi davomida «saylov natijalariga ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jiddiy qoida buzilish holatlari kuzatilmagani» haqida qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
15:05 / 20.11.2024
Duma Ukrainada jang qilayotganlarning qarzidan kechish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
11:10 / 18.10.2024
Davlat dumasida relokantlar mulkini xatlovga olish taklif qilindi
09:20 / 16.10.2024
Davlat dumasi isyon uchun umrbod qamoq jazosini birinchi o‘qishda ma’qulladi
09:11 / 01.08.2024