Davlat dumasida relokantlar mulkini xatlovga olish taklif qilindi
Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasiga chet elda Rossiyaning «manfaatlariga zid» harakatlar sodir etgan rossiyaliklarning mulkini musodara qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi.
Tatariston Respublikasi Davlat kengashi Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasiga Rossiyadan tashqarida «uning manfaatlariga qarshi» faoliyat yuritayotgan rossiyaliklarning mol-mulkini musodara qilishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini taqdim etdi. 17 oktyabr, payshanba kuni Davlat dumasi saytida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar matni e’lon qilindi.
Tushuntirish xatida tashabbus mualliflari amaldagi qonunchilik muxolif pozitsiyadagi relokantlarni Rossiya Federatsiyasidan tashqarida faoliyat yuritsa, ma’muriy javobgarlikka tortilishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladilar. Shu bilan birga, Ukrainada keng ko‘lamli urush boshlanganidan so‘ng, rus emigrantlari ko‘proq «Rossiyaning hududiy yaxlitligi va konstitutsiyaviy tuzumining asoslarini buzishga chaqiriqlar bilan bog‘liq ommaviy harakatlarni amalga oshira boshladilar». Yangi tuzatishlarning maqsadi — bunday harakatlarni «to‘xtatish», dedi Tatariston deputatlari.
Davlat dumasi isyon uchun umrbod qamoq jazosini birinchi o‘qishda ma’qulladi
Davlat dumasi qurolli isyonda qatnashganlik uchun jazoni kuchaytiruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat 15 oktyabr kuni uning saytida e’lon qilindi.
Vazirlar mahkamasi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 279-moddasiga o‘zgartirish kiritishni taklif qilmoqda.
Qonun loyihasiga ko‘ra, Rossiya konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darish yoki majburan o‘zgartirish yoxud hududiy yaxlitligini buzish maqsadida isyon uyushtirganlik yoki unga rahbarlik qilganlik uchun 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan.
Ishtirok etish 12 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Agar isyon jiddiy oqibatlarga, jumladan o‘limga olib kelgan bo‘lsa, jazo 500 ming rubldan 1 million rublgacha jarima bilan 15 yildan 20 yilgacha qamoqni tashkil qilishi mumkin. Umrbod qamoq jazosi ham nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
15:05 / 20.11.2024
Duma Ukrainada jang qilayotganlarning qarzidan kechish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
09:20 / 16.10.2024
Davlat dumasi isyon uchun umrbod qamoq jazosini birinchi o‘qishda ma’qulladi
09:11 / 01.08.2024
Davlat dumasi ko‘p bolali otalarga safarbarlikni kechiktirishni rad etdi
13:56 / 13.03.2024