Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi «çet el agentlari» uçun soliq şartlarini keskinlaştiradigan Soliq kodeksiga tuzatişlarni uçinçi öqişda qabul qildi. Bu haqda quyi palata – Davlat dumasi saytida payşanba, 20 noyabr kuni xabar berildi. Xususan, ular uçun jismoniy şaxslar daromad soliği (JŞDS, rus. NDFL)ning yagona stavkasi 30 foiz miqdorida joriy etiladi.

Oşirilgan JŞDS stavkasiga qöşimça ravişda, «çet el agenti» maqomiga ega jismoniy şaxslar bir qator holatlarda soliqdan ozod qilinişga oid imtiyozlardan mahrum etiladi.

«Çet el agenti» deb topilgan yuridik şaxslarga, şuningdek, ustavida «çet el agentlari» iştirok uluşi 10 foizdan ortiq bölgan taşkilotlarga foyda soliği böyiça pasaytirilgan stavkalar qöllaş hamda tekin olingan mol-mulk yoki mulkiy huquqlar körinişidagi daromadlardan soliq tölaşdan ozod etiliş huquqidan foydalaniş taqiqlanadi.

«Yurtimizni sotganlar soliq imtiyozlarini olmasligi kerak. Ular davlat budjetiga boşqalarga qaraganda köproq miqdorda soliq tölaydi», – dedi Duma spikeri Vyaçeslav Volodin.

Sönggi yillarda Rossiya hokimiyati «çet el agentlariga» nisbatan qonunçilikni keskin qat’iylaştirdi. 2025 yil iyun oyida RF prezidenti Vladimir Putin Adliya vazirligi talablarini bajarmaslik uçun «çet el agentlari»ning ma’muriy javobgarligini kuçaytiruvçi va ularni sirtdan sud qilişga ruxsat etuvçi qonunni imzolagan edi. Şuningdek, sentabr oyida Davlat dumasi «çet el agentlari»ni ilk jarimadan söng jinoiy javobgarlikka tortiş töğrisidagi qonunni qabul qildi.