21:56 / 05.12.2016
13946

Ukraina bosh shtabi Rossiyaning "barcha tomondan" hujum qilishi mumkinligini aytdi

Foto: Reuters

Ukraina bosh shtabi boshlig‘i – mamlakat qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni, armiya generali Viktor Mujyenko "Ukrinform" nashriga bergan intervyusida Rossiya harbiylari hujumkor qobiliyatlarini mujassamlantirgan barcha tomondan Ukrainaga  katta ko‘lamli tajovuz taralayotganini aytdi.    

"Rossiya qo‘shinlari bor barcha joydan Ukrainaga xavf solinmoqda. Bu nafaqat sharq. Bizga Rossiya guruhlari tomonidan shimol, g‘arb va janubdan, Qrimdan, ruslar o‘zining hujumkor qobiliyatlarini ancha mujassamlashtirgan joydan zarba berilishi mumkin", deb aytdi Mujyenko.  

Mujyenkoning aytishicha, Ukraina bosh shtabida harbiy xarakterdagi bu xavflar haqiqatan mavjud deya baholanmoqda va Rossiya tajovuzi holatida voqealar rivoji uchun mumkin bo‘lgan ssenariylar ko‘rib chiqilmoqda.

"Bu ssenariylar mashg‘ulotlar vaqtida mashq qilinadi, biz mobil mudofaaga o‘rganmoqdamiz, eng katta xavf solinuvchi yo‘nalishlarga e'tiborni qaratmoqdamiz", deb aytdi Mujyenko.

Mujyenkoning ta'kidlashicha, Rossiyada katta miqdorda qurol-aslaha va harbiylar bor, biroq Ukrainada "muhim ustunlik" bor.

"Biz okkupantlar oyog‘i ostida tom ma'noda yonadigan o‘z yerimizdamiz", deb aytdi Mujyenko.

Mujyenkoning aytishicha, Ukraina qurolli kuchlaridagi vaziyat 3 yil avvalgidan tubdan farq qiladi. Ayni vaqtda uning "harbiy salohiyati taqqoslab bo‘lmas darajada yuqori, qo‘shinlar o‘rgatilgan va ta'minlangan, zamonaviy qurol va aloqa bilan jihozlangan".

 

Top