Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston parlamentida Rossiya delegatsiyasi a'zolari kutib olindi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida 5 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Oliy Majlis Senati Raisi N.Yo‘ldoshev bilan suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik tobora rivojlanib borayotgani qayd etildi. Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash orqali mamlakatlarimizning siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligining huquqiy asoslarini takomillashtirish istiqbollari haqida fikr almashildi.
– O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov mamlakatlarimiz o‘rtasida hamkorlik va do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashga beqiyos hissa qo‘shdi, – dedi I.Umaxanov. – O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib o‘tgan muhim tarixiy voqeaga guvoh bo‘lganimizdan mamnunmiz. Prezident saylovi mamlakat miqyosida uyushqoqlik va mas'uliyat bilan o‘tdi. Saylov natijalari O‘zbekiston bilan hamkor davlatlar qatori Rossiya uchun ham muhim ahamiyatga ega.
Uchrashuvda mamlakatlarimiz parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari xususida so‘z yuritildi.
Mavzuga oid
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
07:55 / 09.05.2026
Ukraina Moskvadagi parad paytida Qizil maydonga zarba bermaydi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
07:18 / 09.05.2026