09:50 / 05.12.2016
19493

«Zenit» o‘zbekistonlik futbolchiga qiziqish bildirmoqda

Sankt-Peterburgning «Zenit» klubida o‘zbekistonlik futbolchi paydo bo‘lishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko‘ra, piterliklar «Nasaf» klubi yarimhimoyachisi Aziz G‘aniyevga qiziqish bildirmoqda.

Yaqinda o‘tgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida to‘p surgan futbolchi «Zenit» skautlari e'tiboriga tushgan. Ayni vaqtda futbolchi transferi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Aziz G‘aniyev «Nasaf»ning joriy mavsumdagi Oliy Liga o‘yinlarida 17 bor ko‘rinish bergan. Shulardan 11 tasida uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshlagan.

Ma'lumot uchun, Rossiya Premer-Ligasida O‘zbekiston milliy terma jamoasining 3 a'zosi to‘p suradi: Odil Ahmedov («Krasnodar»), Vitaliy Denisov («Lokomotiv»), Vadim Afonin («Orenburg»).

Top