O‘zbekiston | 12:49 / 06.12.2016
11730
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Markaziy Osiyo vakillari Hamburgda uchrashuv o‘tkazadi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2016 yilning 8-9 dekabr kunlari Germaniyaning Hamburg shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda TIV sayti xabar tarqatdi.

Xabarda keltirilishicha, ushbu majlisda Germaniyaning YeXHTdagi raisligi yakunlanadi.

Shuningdek, 7 dekabr kuni Markaziy Osiyoning 5 mamlakati va AQShning tashqi siyosat idoralari rahbarlarining «C5+1» shaklidagi uchrashuvi ham bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Hamburg shahrida YeXHT a'zo mamlakatlari delegatsiyalari rahbarlari bilan qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid